Buxoro viloyati Jondor tumanida 4 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km uzoqda joylashgan.
Juma kuni Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,6 magnitudali yer silkinishi qayd etildi.
Toshkent viloyati Parkent tumanida 3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 65 km uzoqda joylashgan.
Tojikistonda sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida 2−3 ball darajasida sezildi. Yer silkinishi bir kun avval ham xuddi shu hududlarda qayd etilgandi.
Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Namangan viloyati Chortoq tumanida zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi 2−3 ballni tashkil etdi. Dekabr oyi oxirida ham xuddi shu viloyatda kuchsiz zilzila qayd etilgandi.
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi tutash hududlar, jumladan, Samarqand viloyati tumanlarida ham sezildi.
Dushanba kuni Afg‘onistonda 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning bir necha viloyatlari va Toshkent shahrida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi. O‘zbekistonda ketma-ket 3 kundan beri yer silkinishlari qayd etilmoqda.
Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida zilzila qayd etildi. Viloyatda yer silkinishi 2−3 ballni tashkil etdi.
Payshanba tongida Qozog‘istonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi poytaxt va Toshkent viloyati tumanlarida sezildi hamda 2−3 ballni tashkil etdi.
Shanba kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatining 2 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Viloyat FVB zilzila oqibatida hududdagi o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.
O‘zbekistonda 21 mart kuni 5−6 balli va 23 martga o‘tar kechasi 4−5 balli yer silkinishlari sezildi. Hattoki ko‘p qavatli uylar aholisi aftershokdan havotirlanib, bir necha soat ko‘chada qolishdi. «Gazeta.uz» zilzila vaqtida poytaxt aholisi nimalarni his qilgani va qanday yo‘l tutgani bilan qiziqdi (video).
Epimarkazi Qirg‘iziston bo‘lgan zilzila O‘zbekiston shaharlarida ham sezildi. Zilzila kuchi Farg‘onada 5 ballni, Toshkentda 2 ballni tashkil etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting